
"Yuventus" klubi "Jenoa"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z safiga yangi futbolchi qo‘shib oldi (Foto)
Frantsiyaning "Nant" klubi yarim himoyachisi Abdulay Dabo faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
"Yuventus" klubi matbuot xizmati frantsiyalik xavbekni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Futbolchi 2020-2021 yilgi mavsumni A Seriyada yakunlaydi.
Abdulay Dabo bu mavsum Frantsiya chempionatining joriy mavsumida hali maydonga tushmagandi.
Fikrlar