
"Yuventus" o‘z huquqidan foydalandi
Darvozabon Voytsex Shensniyning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi uzaytirildi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli darvozabonning Turin klubi bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Ammo klub tomonidan ushbu kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish varianti avtomatik ravishda faollashtirilgan.
Ma’lumot uchun, polshalik darvozabon 2017 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada jami 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 26 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar