"Yuventus" o‘ziga Bundesligadan zo‘r himoyachi topdi

  • 26.09.2019 14:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi "Bayer" chap qanot himoyachisi Vendellani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 26 yoshli braziliyalik futbolchini Chempionlar ligasi doirasida 1 oktyabr va 11 dekabrda “dorishunoslar”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘zaro o‘yinlarda yaxshilab kuzatishmoqchi. Agar u “Yuve” skautlarida yaxshi taassurot qoldirsa, turinliklar uni qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Vendella “Bayer” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning transferi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!