"Yuventus" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi

  • 30.08.2020 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubi "Everton"ga sotib yuborgan hujumchisi Moyze Kinni yana tarkibga qaytarmoqchi.

La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, italiyalik futbolchini shaxsan jamoaning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo tarkibda ko‘rmoqchi. “Keksa sinora” Kinni keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2022 yilgacha ijaraga olmoqchi. “Yuve” bu transferga Aaron Remzini ham qo‘shib berishga tayyor. Ammo uelslik futbolchining yuqori maoshi “Everton”ga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Moyze o‘tgan mavsum “Everton” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!