“Yuventus” Spaletti bilan kelishuvga erishdi

  • 29.10.2025 13:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Luchano Spalletti "Yuventus" klubi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi. Agar jamoa joriy mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, bitimni yana uzaytirish imkoni mavjud. Hozirda barcha rasmiy hujjatlar yuristlar tomonidan tekshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Keksa sinora” A Seriya turnir jadvalida 12 ochko jamg‘arib, 8-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!