
“Yuventus” to‘polon ko‘targan Allegrini ishdan haydab yubordi
“Yuventus” klubi bosh murabbiy Massimiliano Allegri iste’foga chiqarilganini rasman e’lon qildi.
- Iste’fo Italiya kubogi finalidagi voqealar oqibatidir. Rahbariyat klub vakillarining bunday xatti-harakatlarini “Yuventus” qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaydi.
2014 yildan boshlangan va 2021 yilda qayta tiklangan hamda so‘nggi uch mavsum davom etgan hamkorlik Italiya kubogi finalidan keyin to‘xtatildi.
Klub Massimiliano Allegriga kelajakdagi loyihalarida muvaffaqiyat tilaydi, - deyiladi “Yuventus” bayonotida.
Ma’lumki, Italiya kubogi finalida “Yuventus” futbolchilari “Atalanta” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida bosh haukam Fabio Mareskaning “Yuventus” himoyachisi Bremerga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikni darhol aniqlamagani Massimiliano Allegrini jumbushga keltirdi.
Tajribali murabbiy kostyumini echib otdi, yordamchi hakamga baqirdi. Bosh hakam unga qizil kartochga ko‘rsatdi.
Allegri Turin klubini 2021 yilning may oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. Bu davr ichida turinlik futbolchilar uning qo‘l ostida 149 ta uchrashuvda qatnashib, 80 ta g‘alaba, 34 ta durang va 35 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Fikrlar