"Yuventus" Torres transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

ESPN nashri xabariga ko‘ra, turinliklar "ko‘rshapalaklar" bilan 20 yoshli xavbek transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Oldinroq, Torres uchun "Napoli, "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

"Valensiya" va ispaniyalik futbolchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yil yozida yakuniga etadi. Joriy mavsumda Torres barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda 6 gol va 7 golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!