"Yuventus" va "Chelsi" o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin

  • 19.03.2020 10:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoni yana Italiyaga qaytarmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra turinliklar Jordino evaziga bosniyalik xavbeki Miralem Pyanichni “aristokratlar”ga berishga tayyor.

Aytish kerakki, Jorjinoni jamoada shaxsan bosh murabbiy  Mauritsio Sarri ko‘rishni xohlamoqda. Shu o‘rinda Jorjino "Napoli" va "Chelsi" klublarida aynan Sarri qo‘l ostida to‘p surganini ham eslatib o‘tish lozim.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum “Chelsi” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!