
"Yuventus" va "Napoli" ukrainalik futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi
"Shaxtyor" va Ukraina terma jamoasi a’zosi Giorgiy Sudakov faoliyatini Evropaning top-5 ligalarida davom ettirishi mumkin.
Mashxur jurnalist Ben Jeykobsning xabar qilishicha, yarim himoyachiga "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiya grandi allaqachon Sudakov transferi yuzasidan "Shaxtyor" bilan muzokaralarni boshlagan. Mandaga ko‘ra, bu transferni turinliklar sport direktori Kristiano Juntoli istamoqda. Uning fikricha, Giorgiyning o‘yin uslubi "Yuve"ga mos keladi.
"Yuventus"dan tashqari Sudakovga "Napoli" va "Brentford" klublari ham qiziqishmoqda. "Transfermarkt" uning narxini 32 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi Ukraina chempionatida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va to‘rtta assist amalga oshirdi.
Fikrlar