"Yuventus" Villianni tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • 24 sentabr, 2019, 14:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Chelsi" vingeri Villianni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aytish kerakki, 31 yoshli braziliyalik futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u “keksa sinora” safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

O‘z navbatida “Chelsi” Villianga shartnomani uzaytirishni taklif qilganini aytish lozim. Biroq, tomonlar hozircha bu borada aniq to‘xtamga kela olishgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Villian “Chelsi” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 203 ta o‘yinda maydonga tushdi va 28ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/09/2019 15:14
Yil uyiniga ikki kun qoldi. shu haqiga yozingla. Nasaf Pahtakor. har qanaqasiga ham. muhin uyin va. Shota uchun eng noqulay raqib Nasaf. Pahtakor Har safar har qancha kuchli bulmasin. Nasaf bilan uyinga. qandayder kuchsizday bulib qoladi. va uyinchilar jarohat etkazadi yo bulmasa sudiya. uyinni rasvo qilib quyadi. Birinchi davradaki uyinni qayta qayta. kuraman. uzimga uzim. shu sudiyalar ham. uzini odamman deb yuribtida deb savol beraman. Hudov hohlasa Ravshan Ermatov uzi bosh qosh bulsa kerak. chunki shundoq ham uzbek muhlislari. kuziga qon quyilgan. uzbek fudbolidan.