"Yuventus" Vlahovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 27 sentabr, 2024, 14:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" jamoasi Dushan Vlahovich borasida bir qarorga keldi. Klub sport direktori Krishtianu Juntoli serbiyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

"Vlahovichning istiqboli katta, u katta salohiyatga ega. Ishonchim komilki, biz kelishuvga erishamiz va yangi shartnoma imzolaymiz", - deya Giuntolining so‘zlarini keltirdi Fabritsio Romano. 

Eslatib o‘tamiz, Vlahovich "keksa sinora"da 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilda yakuniga etadi. 24 yoshli forvard A Seriyaning joriy mavsumida beshta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!