
"Yuventus" zo‘r darvozabon olmoqchi
"Yuventus" PSJ darvozaboni Keylor Navas xizmatiga qiziqish bildirmoqda, deya yozmoqda "Calciomercato" nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa senoralar" Voytsex Щensniga o‘rinbosar qidirmoqda. Oxirgi o‘yinlardan so‘ng polshalik posbon tanqidlarga uchrayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer vaqtida parijliklar Navasga raqobatchi sifatida "Milan"dan Donnarummani o‘z safiga qo‘shib oldi.
Joriy mavsum 34 yoshli Keylor 4ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol o‘tkazib yubordi. Bitta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar