“Yuventus”da Ronaldudan boshqa hech kim qolmaydimi?

  • 18 iyul, 2020, 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda A Seriya jamoalari tomonidan jiddiy qarshilikni sezgan “Yuventus” Italiyadagi gegemonligini tiklash uchun jamoa tarkibini keskin yangilashni boshladi.

Tecno

Hozircha,  Turin klubi rahbariyati bir necha mavsum to‘p surgan Miralem Pyanichni “Barselona”ga jo‘natib, Kataloniyadan Arturni olib keldi.

Shuningdek, bosh murabbiy Mauritsio Sarri jamoani yoshartirish uchun Gonsalo Iguain, Sami Xedira, Blez Matyuidi, Daniele Rugani, Mattia de Shilo, Federiko Bernardeski va ijarada yurgan Luka Pellegrini va Kristian Romerodan voz kechishi haqida xabarlar tarqatildi.

“Yuventus” Ronalduning hujumdagi sherigi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, turinliklar eski futbolchilardan bo‘shaydigan o‘rinlarga “Napoli” forvardi Arkadiush Milik, “Fiorentina” vakili Federiko Keza va “Roma” etakchisi Nikolo Dzanoloni olib kelish ishlarini olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!