Zabit Magomedsharipov UFCdagi faoliyatini yakunlashi mumkin
Rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Zabit Magomedsharipov UFC chempioni bo‘lganidan so‘ng yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlashini aytib o‘tdi.
- Qachon chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘yganman? Albatta, joriy yilning ohirida. Yana bir jangdan so‘ng, chempionlik uchun oktagonga ko‘tarilsam kerak.
Tan olishim kerak, mening maqsadim UFC chempioni bo‘lishdir. Butun umrimni sportga bag‘ishlaganman, g‘alaba qozonganimdan so‘ng dam olishim mumkin, - dedi Zabit Magomedsharipov Octagon TVga bergan intervyusida.
Fikrlar