Zafarmurod Abdurahmatov: “Kerakli bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kirita olmadik”
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Navbahor” uchrashuvida hisob ochilmadi — 0:0. Bellashuvdan so‘ng qarshiliklar futbolchisi Zafarmurod Abdurahmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— "Yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bugungi bahsda ayrim futbolchilarning jarohatlari va qizil kartochkalar sabab biroz qiynaldik. Shu bois o‘zimizga kerakli bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kirita olmadik. Yanada ko‘proq mehnat qilishimiz kerak. Terma jamoa eshigi ham, klub eshigi ham doimo ochiq".
— Terma jamoa haqida aytdingiz, bu borada sizga qandaydir xabar keldimi?
"Yo‘q, hozircha bizda hech qanday ma’lumot yo‘q".
— Kutyapsizmi?
"Ha, kutyapmiz. Bo‘lsa, Xudodan".
— “Nasaf” birinchi davrani qanday o‘tkazdi?
"Yaxshi boshlagan edik, lekin o‘rtada ayrim futbolchilarni yo‘qotganimiz sabab ko‘p ochko yo‘qotib qo‘ydik".

Fikrlar