Zamoxshari Bekmurodov delegatsiyamizga birinchi oltin medalni olib keldi!
Bugundan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom Birdamligi o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo musobaqasi boshlandi.
-66 kg vazndagi dzyudochimiz Zamoxshari Bekmurodov hal qiluvchi final bellashuvida qozog‘istonlik Erjan Erenkaypovni vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratib, chempionga aylandi.
Ma’lumot uchun, mazkur oltin medal O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ushbu musobaqadagi birinchisi bo‘ldi!

Fikrlar