Zaxiraga "mixlangan" Shomurodov, qahramonga aylangan Masharipov – legionerlarimiz terma jamoa yig‘iniga qay holatda etib keldi?

  • 22 mart, 2022, 15:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, navbatdagi FIFA kunlarida O‘zbekiston terma jamoasi ""Navruz Cup" turnirida ishtirok etadi. Srechko Katanets mazkur yig‘in uchun 25 nafar futbolchini terma jamoaga chaqirdi. Ulardan 7 nafari xorij chempionatlarida to‘p tepmoqda. Legionerlarimiz mazkur turnirga qanday kayfiyatda etib keldi? SPORTS.uz bu haqda ma’lumot beradi.

Eldor Shomurodov

Joze Mourino boshchiligidagi "bo‘rilar" chempionatning 30-turi doirasida derbida "Latsio" ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Roma" birinchi bo‘limning o‘zida 3ta gol urishga erishdi. "Special One" bu safar asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shiladigan legionerimiz xizmatidan foydalanmadi. Balki, Qirg‘iziston, Tojikiston va Uganda termalariga qarshi o‘yinlar oldidan Shomurodovga dam berishni istagandir...

shomazahira

Jaloliddin Masharipov

Uzoq kutilgan gol. "Al-Nassr" chempionatning 25-turida "Al-Feyha"ni qabul qildi. Asosiy tarkibdagi o‘rnini sekin-asta qaytarib olayotgan Masharipov o‘zining Saudiya chempionatidagi debyut golini urishga erishdi. Bu gol riyodliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Jaloliddinning kayfiyati a’lo. Aynan u "Navruz Cup"da porlashi kutilmoqda.

jalolll_1

Igor Sergeev

Qozog‘iston chempionatining yangi mavsumi start oldi. Dastlabki turda "Tobol" o‘z maydonida "Akjayik"ni qabul qilib, Sergeevning goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Igor termamizning oxirgi Dubaydagi yig‘inini o‘tkazib yuborgan edi. Raqiblarning darajasini hisobga olsak, Sergeevda ham gollar urishga imkon bo‘ladi.

sergeeev_1

Doston Hamdamov

Missiya bajarildi. Hamdamov harakat qilayotgan Qatarning "Al-Sayliya" jamoasi chempionatda qolish vazifasini uddaladi. O‘tish o‘yinida "Al-Sayliya" hamda "Al-Xor" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Dastlab, uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. Biroq hamyurtimiz to‘p tepayotgan jamoa iroda ko‘rsatib, yakunda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Legionerimiz Dostonbek mazkur uchrashuvning 62-daqiqasida zaxiradan o‘yinga tushdi.

doston_1

Otabek Shukurov

Bilasiz, terma jamoamizning yana bir etakchisi Otabek Shukurov BAAning "Sharja" klubida harakat qiladi. FIFA kunlari oldidan "Sharja" OChL saralash bosqichida Iroqing "Al-Zavra" jamoasini qabul qilib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va guruh bosqichiga yo‘l oldi. Shukurov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

otash

Azizbek Amanov - Sherzod Temirov

Eronda to‘p tepadigan ushbu ikki hamyurtimiz o‘zaro bahs olib bordi. "Persepolis" - "Istiqlol" uchrashuvida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. "Persepolis" vakili Sherzod Temirov uchrashuvda 82 daqiqa harakat qildi. Shuningdek, u bahsning 16-daqiqasida sariq kartochka oldi.

"Istiqlol" a’zosi Azizbek Amonov mazkur o‘yinda 25 daqiqa to‘p tepdi.

Bu ikki futbolchimizdan muxlislar ko‘p narsa kutmoqda. Umid qilamizki, ular bu ishonchni ortig‘i bilan oqlaydi.

temirov_1

Jaloliddin Qobiljonov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!