
"Zenit", "Rostov" va "Rubin" sobiq futbolchisi "Bunyodkor" yig‘inida qatnashmoqda
"Bunyodkor" yig‘inga Akbar Ismatullaev va Jasur Yoqubov kelib qo‘shilgani haqida xabar bergan edik.
Kecha yana bir futbolchi mashg‘ulotlarni boshladi. Faoliyatining aksar qismini Rossiya Premer ligasida o‘tkazgan Pavel Mogilevets Minsk yig‘inida ko‘rikdan o‘tadi. Agar uning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelsa, shartnoma tuzish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.
MA’LUMOT UChUN
PAVEL MOGILEVETs
Tug‘ilgan sanasi: 25.01.1993 yil
Tug‘ilgan joyi: Rossiya
Ampluasi: yarim himoyachi
Bo‘yi: 183 sm. Vazni: 70 kg
FAOLIYaTI
2012-2014 yillar «Zenit»
2014-2015 yillar «Rubin»
2015-2016 yillar «Rostov»
2016-2017 yillar «Zenit»
2017-2018 yillar «Rostov»
2018-2020 yillar «Rubin»
2020-2021 yillar «Ximki»
2021-2022 yillar «Nijniy Novgorod»
Rossiya milliy terma jamoasi safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shunigdek, Rossiya U-21 terma jamoasi safida 14 marta harakat qilgan
Fikrlar