
"Zenit" bugun Evropa ligasidagi 100-uchrashuvini o‘tkazishadi
Xabaringiz bor bugun UEFA Evropa ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tadi.
Hususan, Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi safarda Bundesliga vitse-chempioni hisoblangan “RB Leyptsig” klubi mehmoni bo‘ladi. E’tiborlisi, ushbu uchrashuv piterliklar uchun Evropa ligasidagi yubiley 100-uchrashuv bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “RB Leyptsig” - “Zenit” jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:05da start oladi.
Fikrlar