
"Zenit" futbolchisi A Seriya klubiga o‘tadi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Emiliano Rigoni faoliyatini Italiyada davom ettiradi. Bu haqda Sportitalia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda 26 yoshli argentinalik futbolchi "Sampdoriya"ga o‘tadi. Aniqrog‘i, A Seriya klubi uni keyinchalik 11 mln evroga sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oladi.
Ma’lumot uchun, Rigoni o‘tgan mavsumning dastlabki qismini “Atalanta” safida ijarada o‘tkazdi va 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Ikkinchi davrani esa “Zenit”da o‘tkazdi va 11ta o‘yinda ishtirok etib, 3ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar