"Zenit" futbolchisining xizmatlarini "Milan"ga taklif qilmoqda
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Matias Kranevitter mavsumlar oralig‘ida "Milan"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "EkSport" telegram-kanali xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Rossiya chempioni “rossonerilar”ga 26 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlarini taklif qilgan. Biroq, hozircha A Seriya grandining ushbu transferga qiziqishi bor yoki yo‘qligi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ernani ("Parma") va Emiliano Rigonilar ("Sampdoriya") ham “Zenit”dan ketishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kranevitter “Zenit” sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 48ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 4 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar