"Zenit" kelgusi yil "Barselona" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi bosh direktori Aleksandr Medvedev “Barselona” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilayotganini aytdi.
“Keyingi yil “Barselona”ning asosiy tarkibi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazyapmiz”, - deydi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, joriy yoz “Zenit” o‘rinbosarlari “Barselona” yoshlar jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Fikrlar