Zidan Frantsiya terma jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

  • 21.07.2026 13:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning mashhur «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Frantsiya milliy terma jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.

 

Futbol bo‘yicha ishonchli manba sifatida tanilgan insayder va jurnalist Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis Frantsiya terma jamoasi bilan barcha shartlarni kelishib, uzoq muddatli bitimni imzolab bo‘lgan. Biroq Frantsiya futbol federatsiyasi hali rasmiy bayonot bermadi. 

Ma’lumki, Zidan shu paytgacha «Real»da juda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Uning qo‘l ostida «qirollik klubi» ikki marta La Ligada, uch marta esa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

 

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Frantsiya terma jamoasini Didye Desham boshqarib kelaotgan edi. Uning rahbarligida jamoa 2018 yilda jahon chempionligiga erishgan. 2022 yildagi mundialda esa Frantsiya finalda Argentinga mag‘lub bo‘lgan. Joriy yildagi yirik musobaqada fransuzlar to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!