
Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarmoqchi
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqin kelajakda Frantsiya terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin. Bu haqda Libertad Digital nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Zidanning o‘zi ham Frantsiya terma jamoasini boshqarishni xohlamoqda. U buning uchun hatto bir mavsum davomida ishlamaslikka tayyor.
48 yoshli Zidan "Real"ni 2016-2018 hamda 2019-2021 yillarda boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa 11 ta sovrin qo‘lga kiritdi. Jumladan, 3 marta UEFA Chempionlar ligasida zafar quchdi.
Zidan futbolchilik faoliyati davomida Frantsiya terma jamoasida jami 108 ta o‘yin o‘tkazgan va raqiblari darvozasiga 31 ta gol urgan. U 1998 yilda Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar