
Zidan Frantsiyadan hech kim tanimaydigan hujumchini chaqiryapti
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi hujumchi sifatida “Lill” vakili Jonatan Ikoneni olib kelmoqchi. “Qirollik klubi” skautlari ham hujumchining o‘yini madridliklarga mos ekanini bildirgan.
Madridliklar bu transferni yozda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ular 2022 yilda shartnomasi yakunlanadigan Karim Benzema o‘rniga yosh forvard olmoqchi. “Real”ning asosiy nishoni esa PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hisoblanadi.
Jonatan Ikoneni “Chelsi” vakillari ham sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Aynan London klubi Zidanga xalaqit qilishi mumkin.
Fikrlar