Zidan "Inter"ga qarshi o‘yin haqida: Bunday omad har doim ham kelavermaydi

  • 4 noyabr, 2020, 09:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL 3-turidan o‘rin olgan "Real" - "Inter" (3:2) uchrashuvidan so‘ng, madridliklar ustozi Zinedin Zidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Yakunda muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Oson bo‘lmadi, xarakter evaziga g‘alaba qozondik.

Bellashuvni yaxshi boshladik, pressing qildik. Ammo, raqiblar tezda o‘zlariga kelganidan so‘ng, bizda muammolar paydo bo‘la boshladi. Ikkinchi bo‘lim ham teng bo‘ldi, lekin biz muhim bo‘lgan uchinchi golni kirita oldik. "Inter" jismoniy jihatdan yaxshi edi v tezkor harakat qildi.

Bugun xursand bo‘lishimiz kerak. Chunki, bu futbol va har doim ham omadli bo‘lavermaymiz. O‘yindan zavq olish kerak. Uchrashuvda ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga keldi. "Inter" yaxshi jamoa, 3 ochko olgach, futbolchilarni tabriklash kerak. Men xursandman, juda xursandman", - dedi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!