Zidan nimadan afsusda?

  • 13 may, 2021, 23:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegorni "Arsenal"ga ijaraga berishga qarshi chiqqan.

Tecno

Defensa Central nashri tarqatgan xabarga qaraganda, frantsiyalik mutaxassis agar Martin tarkibda bo‘lganida, "Real" La Ligani yuta olardi deb hisoblaydi. Edegor Londonga ketmaganida, Modrich va Kroos qo‘shimcha dam olishi va natijada o‘yin sifati yaxshilanishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" Edegorni joriy yil yanvarida sotib olish huquqisiz ijaraga olgan. Martin “kanonirlar” safida 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol urdi.

“Real” 35 turdan so‘ng 75 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rindagi “Barselona” hisobida 76 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!