
Zidan: "Qilayotgan rejalarimizga erishishimiz uchun xech kim to‘sqinlik qila olmaydi"
"Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Tottenxem"(0:1)dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun biz yaxshi o‘ynadik. Xar kuni o‘z o‘yinimizni yaxshilab borishimiz kerak. Biz mag‘lubiyatdan xursand bo‘la olmaymiz, ammo uchrashuvning xar jabhasida biz ustunlik qildik. Biz ijobiy kayfiyatni doimo saqlashimiz kerak.
Men doim ijobiylikni o‘ylayman. Qilayotgan rejalarimizga erishishimiz uchun xech kim to‘sqinlik qila olmaydi. Men tushunaman, buning barchasi oddiy va onson emas, biz mavsumni o‘ta qiyin boshladik.
Men jamoamni yaxshi bilaman. Hozirda biz to‘liq tayyor emasmiz. Yirik hisob, umuman olganda bizga bitta g‘alaba etarli bo‘ladi," - dedi Zidan.
Manba: As
Fikrlar