
Zidan "Real"da raqobat kuchli bo‘lgan chiziqqa hamyurtini olib kelmoqchi
"Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamyurti Pol Pogbani Madridga olib kelish fikridan qaytmagan.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Zinedin Zidan klub rahbariyatiga jamoani kuchaytirish uchun 6 nafar nomzodni taqdim etgan. Ular orasida Pol Pogba ham bor.
Shunisi e’tiborga molikki, Pogba ehtiyoj jihatdan Azardan ko‘ra yuqoriroq turardi. "Qirollik klubi" Azarni "Chelsi"dan 100 million evroga sotib olgani bois, MYu madridliklardan Pogba uchun 150 million evro so‘ramoqda.
Fikrlar