Zidan "Real"ni tark etgach qaysi jamoani boshqaradi? "Qirollik klubi"ga kim murabbiy bo‘ladi? - Davron Fayzievdan munosabat

  • 17 may, 2021, 21:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan mavsum yakunlangach, "Real"ni tark etishi borasida xabarlar ko‘paydi. Murabbiyning Madriddan ketishi haqida Ispaniyaning nomdor nashrlari bong urmoqda. Ushbu ma’lumotlarga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Shunchaki gap-so‘z emas, haqiqatga aylanib bormoqda. "Real Madrid" murabbiylikka Massimiliano Allegrini taklif etmoqchi. Zinedin Zidan ketadi. Hali fakt bo‘lmasa-da, ancha nufuzli manbalar xabar qilishyapti. Hatto chempion bo‘lsa ham qolish imkoniyatlari yoki niyati minimal darajada.

"Real" mart oyida birinchi bor Allegri bilan aloqaga chiqqan. Hozir muzokaralar oxirgi bosqichga etib kelgan. Ikki tomonning yakuniy kelishuvi kutilyapti.

photo_2021-05-16_18-38-41

Mabodo nimadir bo‘lib kelishuvga erishilmasa, Raul bosh murabbiy bo‘lishga asosiy da’vogar ekan. Klub afsonasi qachondir boshqaruvni oladi. Aynan hozir ertamasmikin... To‘g‘ri, o‘rinbosarlar tarkibida tajriba to‘pladi, yoshlarning chempionlar ligasini yutdi. Pirlo varianti bo‘lmaydi, har holda. Darvoqe "Yuventus" haqida. Zidanni aynan Turinda kutishmoqda. Mantiqan hammasi to‘g‘ri. Rasmiy tasdiqni kutamiz, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!