Zidan shogirdidan voz kechdi

  • 20 noyabr, 2020, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” rahbariyati bosh murabbiy Zinedin Zidan talabi bilan jamoa pleymeykeri Iskoni transferga qo‘ydi.

28 yoshli yarim himoyachiga Angliya klublaridan qiziqish bo‘lmoqda. Xususan, “Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yanvarda Iskoni o‘z jamoasiga olib o‘tmoqchi. Italiyalik mutaxassis ikki yil “Real”ni boshqargan vaqtda Iskoning o‘yinidan qoniqish hosil qilardi.  

Shuningdek, “Arsenal” ham qishda jamoadan ketishga rozi bo‘lgan pleymeyker Mesut O‘zilning o‘rniga ispaniyalik yarim himoyachini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

“Real” Iskoning transfer summasini 40 million evroga baholadi. Bu summa ko‘p jamoalarni o‘ziga jalb etishi kutilmoqda.

Zidan inglizlar taklifini qabul qiladimi?

"Real" va Ramos qanday qarorga keldi?

Alaba “Liverpul” taklifini rad etdi. U orzusidagi jamoadan qo‘ng‘iroq kutyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!