
Zidan "Siti"dan himoyachi olmoqchi
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini La Liga klubida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun Serxio Ramosga o‘rinbosar qidirayotgan "Real" qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgan Ispaniya terma jamoasi futbolchisining o‘rnini Lyaport orqali to‘ldirmoqchi.
Mavsumda 14 ta o‘yinda maydonga tushgan Lyaport bitta gol kiritib, uchta sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
Transfermarkt portali Emerikning transfer summasini 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar