
Zidandan kutilmagan qaror: Unga Morata kerak emas
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Alvaro Moratani sotib yubormoqchi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
“Yuventus”dan qaytarib olingan Alvaro Morata joriy mavsum boshida Karim Benzema o‘rnini bosishi kutilgandi. Ammo Zidan Morataga ishonch bildirmasdan, hamyurti Benzemani asosiy tarkibga tushirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, frantsiyalik mutaxassis “Real” prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, Moratani boshqa klubga sotish kerakligini tushuntirishga harakat qilgan. Ispaniyalik goleadorga asosiy da’vogar – “Manchester Yunayted”. Avvalroq Joze Mourino ispaniyalik hujumchi bilan transfer borasida aloqaga chiqqandi.
Ma’lumot uchun, Alvaro Morata joriy mavsum La Liganing 12 o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Shuningdek, barcha musobaqalarda u 18 ta gol urgan.
Fikrlar