Zidanga kutilmagan ish chiqdi

  • 12 noyabr, 2023, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan ikki yil muqaddam “Real”dan ketganidan keyin Frantsiya terma jamoasini boshqarish orzusi bilan yurgandi. Biroq Dide Desham o‘z ishini zo‘r uddalayotgani bois, Frantsiya futbol federatsiyasi Zidanga ish taklif qilgani yo‘q.

Keyingi paytda Zinedin “Manchester Yunayted”da ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Manchesterliklar hali ham Erik ten Xagdan voz kechmayapti.

Endi Zidan oldida yagi variant paydo bo‘ldi. “Marsel” klubi rahbariyati jamoani Zidanga topshirmoqchi. Bu haqda France Bleu Provence nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Zidan “Marsel”da ishlash taklifiga ijobiy javob bergan. Hozir tomonlar o‘rtasidagi muzokara ancha faol va yaxshi davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!