
Zidanni “Real”dan haydashmoqchi
Ispaniyaning mashhur nashri – Marca Zinedin Zidan “Real”dan iste’foga chiqarilishi ehtimoli katta ekanini yozmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” rahbariyatining frantsiyalik mutaxassisga bo‘lgan ishonchi pasayib ketdi. Zidanning aksariyati qarorlari shubha ostiga olinmoqda. Shu ikki hafta ichida u ishidan ayrilishi mumkin.
Yaqin kunlar ichida “Real” futbolchilari “Sevilya”, “Borussiya M” va “Atletiko” bilan kuch sinashadi. Mana shu muhim o‘yinlardagi natijalar Zidanning faoliyatiga baho beradi. Klub rahbariyati futbolchilarning “Shaxtyor”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘zini qanday tutishini bilmoqchi.
Muhim uchrashuvlarda muvaffaqiyatsizliklar Zidanning faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgani aytilmoqda.
Fikrlar