Zidanning o‘rniga da’vogar 2 murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi
"Real" rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga nomzod tanladi. "Qirollik klubi"ni boshqarishga ikki mutaxassis nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Cadena SER nashrining ma’lum qilishicha, Zinedin Zidanning o‘rnini Raul yoki Massimiliano Allegri egallashi mumkin.
Ayni damda Raul “Real”ning yoshlar jamoasini boshqarayotgan bo‘lsa, Allegri ishsiz hisoblanadi. Aytish kerakki, 43 yoshli Raul “Real”ning yoshlar jamoasi bilan o‘tgan mavsum UEFA yoshlar ligasida g‘alaba qozondi. 53 yoshli Allegri esa, "Yuventus" va "Milan" klublaridagi faoliyati bilan mashhur hisoblanadi.
“Real” ayni damda 20 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar