
Zidanning qarshiligiga qaramay, Isko jamoani tark etish niyati yo‘q
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko mavsum yakunida jamoani tark etish niyati yo‘q.
Ilgariroq, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan 27 yoshli ispaniyalikni yaqin kelajakda zahira o‘yinchisi sifatida ko‘rayotgani haqida aytib o‘tgan. Bu haqida As nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Isko Santyago Solari bosh murabbiyligi davrida bor yo‘g‘i 18% uchrashuvlarda qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, Iskoga Frantsiyaning PSJ klubi tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
Fikrlar