
Zidanning to‘ng‘ich o‘g‘li Portugaliya klubi bilan shartnoma imzoladi
Shveytsariyaning “Lozanna” klubi yarim himoyachisi Entso Zidan faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, “Real” Madrid bosh murabbiyi Zinedin Zidanning to‘ng‘ich o‘g‘li “Avish” klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Zidanning boshqa bir o‘g‘li Luka Zidan “Rasing” klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar