Zinchenko APLning boshqa bir grand klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 29 iyun, 2022, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” “Manchester Siti”ning ukrainalik himoyachisi Aleksandr Zinchenkoga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, London klubi yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda va u jamoaning asosiy transfer maqsadlaridan biri deb hisoblanadi. Avvalroq ukrainalik futbolchiga "Arsenal", "Vest Xem" va "Everton" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

25 yoshli Zinchenko o‘tgan mavsum "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!