
Zinchenko: "Bolaligimdan "Arsenal" muxlisi edim"
Yaqinda "Manchester Siti"dan "Arsenal" safiga ko‘chib o‘tgan Aleksandr Zinchenko yangi jamoasi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u nega aynan London klubini tanlaganini ham aytib o‘tdi.
"Eng katta orzum amalga oshganidan xursandman. Kichkina bolalik paytimda men "Arsenal" muxlisi edim.
Terri Anri va Sesk Fabregas o‘ynagan vaqtlari bu jamoaning o‘yinlarini kuzatish maroqli edi. Aynan o‘sha davrdan mening bu klubga mehrim tushib qolgan.
Ochig‘i, qachon maydonga tushishimni ortiq kuta olmayman (kuladi). Men yana to‘p tepishni va "Arsenal" uchun borimni berishni istayman", - dedi ukrainalik himoyachi.
Fikrlar