
Zinedin Zidan: Jarohatlar meni xavotirga solmoqda
"Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidanni yig‘in davomida futbolchilar jarohat olayotgani xavotirlantirmoqda.
Mavsum oldidan, AQShdagi yig‘inda madridliklarning 3 ta futbolchisi jarohat olib ulgurdi. Bular Ferlan Mendi, Braim Dias va Marko Asensio.
"Jarohatlar meni tashvishlantirmoqda. Oldiniga Marko, keyin Ferlan... Bilmadim, Mendi qancha vaqt maydonga tusha olmaydi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Ko‘ramiz va unga tezroq jarohatdan forig‘ bo‘lishini tilaymiz.
Mavsumga tayyorgarlikni amalda bor futbolchilar bilan davom ettiramiz, keyin Madridga qaytamiz.
Marko o‘rniga kim o‘ynashi haqida o‘ylamadim, barchamiz uning jarohatidan tushkun holatdamiz," - dedi Zidan.
Fikrlar