
Zlatan EA Sports'dan nega norozi?
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich EA Sports kompaniyasi FIFA simulyatorida uning ruxsatisiz surati va ismidan foydalangani uchun norozi bo‘lmoqda.
“FIFA EA Sports’ga mening ismim va yuzimdan foydalanishga kim ruxsat berdi? Men Fifpro a’zosi ekanligimni bilmas edim va bilishimcha, meni g‘alati yo‘llar bilan hech qanday ogohlantirishsiz, u erga qo‘yishgan.
@FIFAcom yoki Fifpro mendan foydalanib pul ishlashiga hech qachon yo‘l qo‘ymayman”, - deb yozdi 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi o‘z tvitter sahifasida.
Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar