Zo‘rlari bor ekan-ku! Yevropa klublari mundialdagi darvozabonga jiddiy qiziqib qoldi

  • 04.07.2026 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Paragvay terma jamoasi darvozaboni Orlando Xil jahon chempionatida o‘zini juda yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Ayniqsa, Germaniya termasiga qarshi uchrashuvda penaltilar seriyasida namoyish etgan g‘ayrioddiy uslubi uning nomini butun dunyoga tanitdi. 

Nemislarni musobaqadan chiqarib yuborgan paragvayliklar sensatsiya yaratdi, Xil esa bu g‘alabaning bosh qahramonlaridan biriga aylandi.

Endilikda Orlando Xilga Yevropa klublaridan jiddiy qiziqish paydo bo‘lmoqda. Jahon chempionati boshlanishidan oldin Paragvayning «San-Lorenso» klubi uning transfer qiymatini yetti million yevro atrofida baholagan edi – o‘sha paytda bu deyarli arzon narxdek ko‘ringan. Hozir esa aniq summa haqida gapirish qiyin: Xil hali ham mundialda ishtirok etmoqda va undan yana yangi, yorqin o‘yinlar kutilmoqda.

Uning bu chempionatdagi yo‘li ko‘pchilikka 1990 yildgi Serxio Goykoecheya xotiralarini eslatmoqda. O‘shanda argentinalik darvozabon, Diego Maradona kabi yulduz bilan birga, terma jamoasini jahon chempionati finaligacha yetaklagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!