
"Zomin", "Yangier"dan navbatdagi g‘alaba, "Turon"dan durang va boshqa natijalar
B Pro-liganing 2-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Dastlab o‘z maydonida g‘alaba qozona olgan "Yangier" jamoasi 2-turni ham muvaffaqiyat bilan yakunladi. Sirdaryoliklar o‘z maydonlarida "G‘ijduvon" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. "Zomin" esa yana safar bahsida "Ittifoq-Buxoro" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Bahrom Hakimov boshchiligidagi "Turon" esa bu safar o‘z maydonida "Rash-Milk"ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang natijaga erishdi.
"Yangier" - "G‘ijduvon" - 2:0
Gollar: Asliddin Abdiev (68), Jafar Ismoilov (82)
"Ittifoq-Buxoro" - "Zomin" - 0:3.
Gollar: Doston Bahramov (51, pen), Eldor Karimov (72, pen), Shoxjaxon Abbasov (76)
"Zarangari" - "Orol" - 4:3
Gollar: Bahrom Narzullaev (28, pen, 90+1), Nuriddin Rahmatullaev (75), Evgeniy Kochnev (87, pen) - Albert Sdikov (42), Nurbek Xaipov (51), Navro‘zbek Xaipov (76)
"Ittifoq - Navoiy" - "Zirabuloq" - 0:1.
Gol: Fahriddin Alimov (2)
"Turon" - "Rash-Milk" - 0:0
"Bunyodkor-2" - "Yashnobod" - 2:2.
Gollar: Qalardar Qudratov (52), Sardor Usmonov (56) - Shokir Beknazarov (11, pen, 78)
"Andijon-2" - "Chig‘atoy" - 1:1.
Gollar: Muhammadali Tursunov (54) - Eldor Erkinov (40)
"Lokomotiv-BFK" - "Rubin" - 2:1.
Gollar: Muhammadjon Sultonov (61), Asiljon Orifjonov (71) - Jahongir Safarov (34)
Fikrlar