
Zo‘r baribir zo‘rda! Ronaldu hech kim qila olmagan ishni uddaladi
Italiya chempionatining 17-turida Krishtianu Ronaldu “Sassuolo” darvozasini ishg‘ol qilib, “Yuventus”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Portugaliyalik hujumchining goli yangi rekord sifatida qayd etildi.
Gap shundaki, Krishtianu Ronaldu Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida oxirgi 15 mavsumda uzluksiz 15ta va undan ko‘p gol urgan dunyodagi yagona futbolchiga aylandi. Hali Italiya, Angliya, Ispaniya, Frantsiya va Germaniya chempionatlarida hech bir futbolchi o‘n besh mavsum davomida 15 ta gol ura olmagan edi.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan charm to‘p ustasi hisoblanadi.
Fikrlar