Zo‘r hujumchi “Chelsi”ga o‘tishdan bosh tortdi

  • 27 yanvar, 2023, 11:01
  • 0
  • Futbol

Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi hujumchisi Markus Tyuram qishki transferlar vaqtida “Chelsi”ga o‘tishdan bosh tortdi.

Frantsiyalik futbolchi mavsumni hozirgi jamoasida yakunlab, mavsum tugaganidan keyin, erkin agent sifatida o‘ziga yangi ish joyi topmoqchi.

Fussball Trasfers nashrining ma’lum qilishicha, Tyuram jamoasini almashtirish orqali hozirgi yuqori sport formasini yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chimoqda. Ayni paytda Markus Bundesligada o‘nta gol bilan to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Tyuram oldida “Chelsi”dan tashqari “Bavariya” va “Inter” variantlari ham turibdi.  O‘yinchining o‘zi qaysi jamoa taklifini qabul qilish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!