«Lokomotiv» Antaliyada mavsum-oldi yig‘inini boshladi | Fotojamlanma

  • 31 yanvar, 2017, 00:52
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO


Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish maqsadida «Lokomotiv» futbolchilari bugun kechki payt Antaliyaga etib kelishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Jamoa a’zolari Belekdagi «Sueno Hotels Deluxe» mehmonxonasiga joylashishdi.

Bu erda havo harorati yaxshi, iqlim mo‘’tadil. Bir so‘z bilan aytganda, ayni futbol o‘ynaydigan havo. «Lokomotiv» joylashgan mehmonxonada shuningdek, Rossiya premer-ligasi vakili «Krilya Sovetov» ham istiqomat qilmoqda. Ular 7 fevralga qadar shu erda bo‘lishar ekan. «Lokomotiv» esa 13 fevralgacha Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi.

Ikki hafta oralig‘ida «temiryo‘lchilar» to‘rtta nazorat bellashuvida ishtirok etishadi. Bugun birinchi kungi mashg‘ulot jamoa a’zolari uzoq yo‘l bosib toliqib kelishgani bois ko‘p davom etmadi. Yarim soatlik mashg‘ulotda murabbiylar e’tiborni ko‘proq tiklanish jarayoniga hamda chigalyozdi mashqlarga qaratishdi. Ertadan boshlab mashg‘ulotlar ikki mahaldan o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot maydonlari shundoq mehmonxonaning yonginasida joylashgan bo‘lib, u erda barcha sharoitlar etarli. Bilasiz, «Lokomotiv»ni bu mavsum ham nihoyatda jiddiy o‘yinlar kutmoqda. Jamoa mavsumni 20 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasidagi bahs bilan boshlaydi. Shu kuni Saudiya Arabistonida «Al Taavon» mehmoni bo‘ladi. Shunday ekan, barchaning e’tibori joriy mavsumni ham ijobiy tarzda o‘tkazishga qaratilgan.

 

 

«Lokomotiv»ning Antaliya yig‘inida ishtirok etadigan tarkibi:

DARVOZABONLAR 
Ignatiy Nesterov
Ma’mur Ikromov

HIMOYaChILAR
Islom To‘xtaxo‘jaev
Salim Mustafoev
Oleg Zoteev
Farrux Ibrohimov
Sherzod Fayziev
Bobur Yo‘ldoshev
Muhammad Kone
Shuhrat Muhammadiev

YaRIM HIMOYaChILAR 
Sadriddin Abdullaev
Ikrom Aliboev
Sardor Mirzaev
Timur Kapadze
Quvondiq Ro‘ziev
Kaxi Maxaradze
Diyor Turopov
Salamat Qutiboev

HUJUMChILAR 
Marat Bikmaev
Timur Usmonov
Azizbek Amonov
Nore Krizo
Murod Bobojonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!