Gvardiola Husanov avtogol urgan uchrashuvdan keyin nima dedi?

  • 15 mart, 22:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 29-turida kelasi mavsum uchun Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beradigan o‘rinlar uchun kurashayotgan ikki jamoa – “Manchester Siti” va “Brayton” o‘zaro kuch sinashdi.

Tecno

“Etixad” arenasidagi uchrashuvda mezbonlar ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi. Avvaliga  11-daqiqada Umar Marmush ishlagan penaltini Erling Xoland aniq bajardi.

Bu gol Erling Xoland nomini Angliya Premer-ligasi tarixiga yozdi. Norvegiyalik charm to‘p ustasi musobaqa tarixida 100 ta samarali harakatni eng tez amalga oshirgan o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatdi.  Xoland Angliya Premer-ligasida gol+pas tizimi bo‘yicha 100 ballni yuztadan kam uchrashuvda to‘plagan birinchi va hozircha yagona futbolchiga aylandi. 24 yoshli forvard bu natijaga erishishi uchun 94 ta uchrashuv kifoya qildi.

“Brayton” futbolchilari Manchesterdan quruq qaytgani yo‘q. Dastlab, Xolandning goliga Estupinyan o‘n daqiqa ichida javob berdi. Uning jarimadan yo‘llagan zarbasi ustunga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi.

Mezbonlarni birinchi bo‘limning o‘zida Umar Marmush hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, “Brayton”ning safardan ochko olib qaytishiga Abduqodir Husanov ko‘maklashib yubordi. Hamyurtimiz o‘yinning 48-daqiqasida raqib yo‘llagan zarbani qaytarishga chog‘langan legionerimiz to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi – 2:2.

Ushbu avtogol Xosep Gvardiolaga antirekord olib keldi. Bu “Manchester Siti” joriy mavsumda o‘tkazgan 40-gol bo‘ldi. Xosep Gvardiola “shaharliklar”ni 2016 yildan beri boshqarayotgan bo‘lsa, jamoa hali birorta mavsumda o‘z darvozasidan buncha ko‘p to‘p olib chiqagan. Faqatgina ispaniyalik mutaxassis shogirdlari uning debyut mavsumi – 2016-2017 yilgi chempionatda 39 ta gol o‘tkazgan edi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan Abduqodir Husanovni malomat qilgani yo‘q, aksincha o‘zbek legionerining o‘yini maqstadi. 

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi, uchrashuv katta bosim ostida o‘tdi. Biz hozir qilayotgan ishlar juda qiyinchilik bilan bo‘layotganini juda yaxshi bilaman.

O‘yinchilar maydonda borini berdi, biz bir ochkoga ega bo‘ldin va kurashni davom ettiramiz. Albatta, ishonchim bor. Har doim shunday bo‘lgan.

Yosh futbolchilari yaxshi o‘ynadi, ayniqsa, himoyachilarimiz aql bilan harakat qildi. Ruben Diash va Abduqodir Husanov fantasdik darajada o‘ynadi."Nottingem Forest" bilan bo‘lgan o‘yinga qaraganda bu gal ancha yaxshi to‘p tepdik, ikkita gol urdik va yana darvozani ishg‘ol qilish uchun vaziyatlar yaratdik.  

Biz g‘alabaga yaqin edik, lekin unga erisha olmadik, - dedi Xosep Gvardiola.

WhoScored statistika portali uchrashuvda futbolchilarining harakatlarini tahlil qilib, ularni baholadi. “Manchester Siti” o‘yinchilaridan eng kam ko‘rsatkich – 6 ball Abduqodir Husanov, Ruen Diash va Fil Fodenga berildi. Jamoaning ikkita goliga katta hissa qo‘shgan Umar Marmushning o‘yini 8,1 ballga loyiq ko‘rildi.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini 30 mart kuni Angliya kubogi doirasida “Bornmut” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Bir uchrashuvda Xoland rekord, Husanov antirekord o‘rnatdi!

Premer-liga antirekordchisi Husanovga qanday baho berdi?

Raneri Shomurodov masalasida katta xatoga yo‘l qo‘ydi!

“Manchester Siti”: Hozir Husanovga tegib bo‘lmaydi!

Husanovga yaxshi yangiliklar...

“Roma”ni qutqara olmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Eldorning rafiqasi kim? Evropada Shomurodovning oilasiga qiziqa boshlashdi!

Fayzullaev: Ortga qaytyapman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фидойи
16/03/2025 09:34
Руслар хурсанд. Агар термамиз жчга чикса борси. Русларни кети енади
&
Fah
16/03/2025 01:10
Хусановни автоголидан урислар шунчалик хурсандки. Кайси урис сайтига кирсанг хаммаси автогол, автогол.