
EChL. "Liverpul" safarda "Man Siti"ni taslim qildi va yarim finalga yo‘l oldi
Evropa Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinida "Manchester Siti" jamoasi o‘z maydonida "Liverpul" futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi.
Dastlabki uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan "shaharliklar" o‘yinni juda faol boshlashdi va 2-daqiqada Jezus hisobni ochib, "Manchester Siti"ni oldinga olib chiqdi.
Biroq, "Liverpul" o‘ziga kelib oldi va himoyada barqaror o‘yin ko‘rsata boshladi. 56-daqiqaga kelib esa Muhammad Salax ajoyib tarzda raqib darvozabonini dog‘da qoldirdi.
77-daqiqada Firmino o‘yinga nuqta yo‘qdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (5:1) "Liverpul" ishonchli tarzda EChL yarim finaliga yo‘l oldi.
Manchester Siti Angliya – Liverpul Angliya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 2 Gabriel Jezus, 1:1 – 56 Salax, 1:2 – 77 Firmino.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva (Aguero, 66), de Bryuyne, Sterling, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Sane, Gabriel Jezus.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Firmino (Klavan, 81), Oksleyd-Chemberlen, Salax (Ingz, 89), Veynaldum, Mane, Milner.
Ogohlantirishlar: Ederson (14), Mane (14), Aleksander-Arnold (29), Bernardu Silva (30), Firmino (35), van Deyk (65).
Dastlabki uchrashuv: 0:3.
Fikrlar