
Peres: Ronaldu "Real"ga qaytadi
"Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Peres xujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- FIFAning 2018 yildagi eng yaxshilarni taqdirlash marosimida Ronaldu bilan uchrashganimda uni quchoqlardim. Klub muxlilari Ronaldu biz bilan 9 mavsum bo‘lganligidan juda xursand va bu bilan g‘ururlanishadi.
O‘ylashimcha, Krishtiano Di Stefanoning munosib merosxo‘ridir. U "Real"dagi gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgandir. Shu bois ham Ronaldu muxlislar yuragida muhrlanib qolishiga ishonchim komil.
Bir kun kelib Krishtianu Ronaldu "qirollik klubi" safiga qaytishiga ishonaman, - dedi Peres.
Fikrlar